Jahon | 13:38 / 08.06.2016
4042
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: GFRga yana yarim million suriyalik kelishi mumkin

Yaqin yillarda Germaniya yana besh yuz mingga yaqin suriyalikka boshpana berishi mumkin, deb yozmoqda Süddeutsche Zeitung nashri Migratsiya va qochoqlar masalalari bo‘yicha federal boshqarma ma'lumotlariga tayangan holda. 

Gap ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan qochqinlarning qarindoshlari haqida bormoqda. Birinchi navbatda, boshpana olganlarning turmush o‘rtoqlari va farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning ota-onalariga e'tibor beriladi. 

Biroq federal ma'muriyat oilalarning birlashuvi, suriyalik qochqinlarning soni 3-4 marta ko‘payishiga oid xavotirlarni inkor etgan. 

Ta'kidlanishicha, boshpana berishga oid qonunchilik me'yorlarining o‘zgartirilishi tufayli, qochqinlarning yaqinlari asta-sekinlik bilan Germaniyaga kirib kela boshlaydi. Bu, o‘z navbatida, mamlakat muhojirlik yukini pasaytiradi. 

Germaniya yil boshidan beri 200 ming muhojirni qabul qilgani avval xabar qilingan edi.