Jahon | 14:04 / 08.06.2016
4609
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Tolibonlar Qunduzda 30 yo‘lovchisi bor avtobusni o‘g‘irlashdi
Afg‘onistonlik tolibonlar bugun, 8 iyul kuni yo‘nalishli avtobuslardan birini to‘xtatib, ichidagi 30 nafar yo‘lovchisi bilan olib qochishdi. Voqea shimoldagi Qunduz provinsiyasida yuz bergan.
Avtobus Badaxshon provinsiyasidan Kobul tomon yo‘l olgan edi.
Tolibonlar o‘tgan hafta mobaynida butun mamlakat bo‘ylab 200 nafarga yaqin odamni olib qochishdi. Ulardan 10 nafarini hujum vaqtida o‘ldirishgan. Asirga olinganlardan ko‘pchiligi qo‘yib yuborilgan, faqatgina sakkiz nafari hamon asirlikda saqlanmoqda.