Jahon | 21:33 / 08.06.2016
10033
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada ShHT davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston mudofaa vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Normatov, Xitoy mudofaa vaziri Chan Vantsyuan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo, Qozog‘iston mudofaa vaziri Imangali Tasmagambetov ishtirok etdi.

Mudofaa vazirlari uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha fikrlar almashishdi va ShHT davlatlari o‘rtasida bu sohada o‘zaro hamfikrlikning yuqori darajasini ta'kidlab o‘tdilar.

"Xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizmning o‘sib borayotgan sharoitlarida mudofaa vazirlari tashkilot hududida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashdagi birgalikda sa'y-harakatlarning uyg‘unlashgani muhimligini alohida ta'kidlab o‘tmoqdalar", deb aytildi xabarda

Uchrashuv, shuningdek, ishtirokchilari "Tinchlik missiyasi-2016" qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlariga tayyorgarchilikni muhokama qildilar. 

ShHT davlatlari mudofaa vazirlarining keyingi uchrashuvi 2017 yilda yana Qozog‘istonda o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish