Jahon | 14:30 / 08.06.2016
3223
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada ShHT mudofaa vazirlarining an'anaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari xavfsizlikni ta'minlash sohasida muvofiqlashtirish maslahat mexanizmlarini takomillashtirishga kelishib olishdi, deb bayonot bergan RF mudofaa vaziri o‘rinbosari RF Anatoliy Antonov ShHT mudofaa vazirlarining Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunida. 

"Mudofaa vazirlari xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm xavfi tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda, ShHT hududida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun hamkorlikdagi harakatlar zaruriyatini alohida qayd etishdi", - degan Antonov. 

Bundan tashqari, delegatsiya rahbarlari ShHTga a'zo davlatlarning bevosita chegaralari yaqinida paydo bo‘ladigan harbiy tahdidlarga qarshi hamkorlik qilish borasida ham bir to‘xtamga kelganlar. 

Shu bilan birga, uchrashuvda "Tinchlik missiyasi - 2016" harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish mavzusi ham muhokama etilgan. Mazkur mashg‘ulotlar ShHT davlatlarining terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurash borasidagi qat'iyatini namoyish etishi kerak. 

ShHT davlatlari mudofaa vazirlarining navbatdagi yillik yig‘ilishi 2017 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish