Peterburgda urush faxriysini kaltaklagan sobiq hamshira ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Rossiyaning Peterburg shahrida urush faxriylari shifoxonasining sobiq hamshirasi, Ikkinchi jahon urushining 92 yashar qatnashchisini urganlikda ayblangan ayol ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda hudud IIV BB axborot va jamoatchilik bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Vyacheslav Stepchenko xabar bermoqda.
“Nevskiy tuman politsiya boshqarmasiga 30 aprel kuni telefonogramma kelib tushdi. Unda 1924 yilda tug‘ilgan ayolning jarohat olganligi haqida gap borar edi. O‘tkazilgan tibbiy ekspertezalar ayolga qassdan jarohat yetkazilganligini va buni shifoxonaning sobiq hamshirasi qilganligi ma'lum bo‘ldi”, - dedi Stepchenko.
Ayolga ko‘krak qaqasining yopiq jarohati, ko‘krak qafasi tersining ezilgani, yuzdagi gematoma alomatlari, teri osti gematomasi singari tashxislar qo‘yilgan.