Sport | 00:34 / 08.06.2016
11342
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa qit'asida barcha davrlarning eng kuchli 11 futbolchisi aniqlandi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan muxlislar talqini bo‘yicha barcha zamonlar Yevropa chempionatlarining ramziy terma jamoasi tarkibiga kiritildilar. Bu terma jamoaga kiritilganlar ro‘yxati UYeFA rasmiy saytida chop etildi.

Muxlislar 1960 yildan beri 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan Yevropa chempionatlari tarixida o‘zini yorqin namoyon qila olgan 50 nafar da'vogardan eng zo‘rlarini tanlashlari kerak edi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra 11 nafar eng yaxshi o‘yinchining ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi: darvozabon - Janluidji Buffon (Italiya); himoyachilar - Frants Bekkenbauer, Filipp Lam (Germaniya), Karles Puyol (Ispaniya), Paolo Maldini (Italiya); yarimhimoyachilar - Zinedin Zidan (Fransiya), Andrea Pirlo (Italiya), Andres Inesta (Ispaniya); hujumchilar - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Marko van Basten (Niderlandiya), Terri Anri (Fransiya).

Ramziy terma jamoa safiga kiruvchi da'vogarlar orasida sobiq ittifoqning ikki o‘yinchisi – 1960 yilgi Yevropa chempionlari Lev Yashin va Valentin Ivanov ham bo‘lgan.