Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda transport chiptachilari yo‘lovchilarga qaytimni to‘g‘ri berishi uchun 100 so‘mlik pullar bilan ta'minlanadi
Samarqandda jamoat transporti chiptachilari yo‘lovchilarga qaytimni to‘g‘ri berishlari uchun 100 so‘mlik pullar bilan ta'minlanadi, deb xabar bermoqda "Samarkandskiy vestnik". Bunday qaror "Samarqandtransmarkazi"ning yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishida qabul qilindi.
Jamoat transportida ishlovchi barcha voyaga yetmagan chiptachilar 18 dan 35 yoshgacha bo‘lgan chiptachilar bilan almashtiriladi.
Transport reysga chiqishdan avval chiptachi va haydovchilar tashqi ko‘rinishi tekshiriladi. Har bir haydovchidan ular vaziyat qanday bo‘lishidan qat'i nazar, yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lish, salonda chekmaslik, jadval bo‘yicha harakatlanish, odamlarni faqatgina bekatlarda tushirish-olishni amalga oshirishlari haqida tilxat olinadi.
Agar aholi tomonidan qoidabuzar yo‘nalishi bo‘yicha shikoyat tushsa, yo‘nalish tender asosida qayta tanlanadi va boshqa haydovchiga biriktiriladi.