Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova aksildoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga tennisdan chetlatildi, deb xabar bermoqda Xalqaro tennis federatsiyasining rasmiy tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Sharapova shoshilinch matbuot-anjuman chaqirtirib, uning Australian Open musobaqasidagi doping namunasi meldoniyga ijobiy chiqqanini ma'lum qilgan.
Meldoniy moddasi 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.