Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda davlat xizmatchilariga ishxonalardagi kompyuterlardan internetga kirishi taqiqlanadi
Singapurda davlat xizmatchilari keyingi yilning mayidan o‘z ish joylarida ishxona kompyuterlaridan internetga kirishi taqiqlanadi. Bunday qat'iy choralar mamlakat ichki ishlari maxfiyligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
O‘z navbatida xodimlarning o‘z mobil telefonlari va planshetlari vositasida internetga kirishi cheklanmaydi.
TASS agentligi xabarida keltirilishicha, xodimlar telefonlaridan xizmat pochtalariga kirishi mumkin bo‘lmaydi.
Shu bilan bir vaqtda internetda maxsus himoya terminallari o‘rnatilishi ustida ish olib borilmoqda. U orqali xodimlar ish vaqtida ish kompyuterlaridan internetga ulanishi mumkin bo‘ladi.