Jahon | 13:50 / 08.06.2016
5064
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioga toza ichimlik suvi yetishmasligi xavf solmoqda

Yog‘ingarchilik mavsumi boshlanganiga qaramay, Katta Tokio hududi aholisi uchun toza ichimlik tanqisligi xavf solmoqda. Mahalliy hukumat vakillarining xabar berishlaricha, bunga sabab o‘tgan yil qishda kam qor yoqqanligidir.

Tokio ahli va unga yondosh besh prefektura suv bilan ta'minlovchi sakkizta suv saqlash joyi bugunga kelib 55 foiz miqdorida to‘lgan xolos. Mutaxassislar undagi suvni 8 iyun holatiga ko‘ra hisoblashganida 216 mln tonna chiqqan. Shunga muvoffiq ayrim suv saqlash joylarida suvning miqdori me'yordagidan 20-22 foiz kamdir.

Hukumat yaqin kunlarda 35 mln aholiga ega Tokio va unga yondosh beshta prefekturada yomg‘ir yog‘ishidan umid qilmoqda. Agar bunday bo‘lmasa, suvni cheklash borasida rasmiy choralar ko‘riladi. Hukumat hozirdanoq aholini ichimlik suvini tejashga chaqirmoqda.