Jahon | 14:14 / 08.06.2016
5103
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada politsiya mahkamasi oldida portlash sodir bo‘ldi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyati, Midyat shahrida joylashgan politsiya mahkamasi oldida avtomobil portlatildi. Bu haqda NTV telekanalida xabar qilingan.

Mahalliy nashrlarda bu terakt oqibatida talofatlar ko‘pligi aytilgan. Hozircha hodisaning to‘liq tafsilotlari keltirilmagan.

Hududga bir necha tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan. Politsiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish