Fan-texnika | 21:45 / 08.06.2016
4399
1 daqiqa o‘qiladi

Yahoo 3 mingta patentini sotuvga qo‘ydi

Yahoo! qiymati 1 mlrd dollardan oshishi mumkin bo‘lgan patentlar portfelini sotuvga qo‘ydi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda MarketWatch nashri. Manbalarning aytishicha, portfel kompaniya tomonidan unga asos solingan 1996 yildan beri olingan patentlar, jumladan Yahoo! qidirish texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu internetda qidiruv va reklama sohasidagi ba'zi muhim patentlarni sotib olishga noyob imkoniyatdir.

Kompaniya iyun o‘rtasigacha potensial investorlardan dastlabki arizalar oladi. Patentlarni sotish bo‘yicha auksionni Black Stone LP. investitsion banki o‘tkazadi. Yahoo! o‘zi uchun asosiy hisoblangan internet-biznesni sotmoqchi. 6 iyunda OAVda Verizon Communications bu portfel uchun 3 mlrd dollarga yaqin pul taklif qilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.