Iqtisodiyot | 10:13 / 09.06.2016
4244
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Kolorado shtatida gaz zaxiralari hajmi o‘n baravar oshdi

Kolorado shtatining g‘arbida joylashgan Mankos manbaidagi tabiiy gaz zaxirasi hajmi o‘tgan yillarga qaraganda o‘n baravar oshdi. Agar natijalar 2003 yilga solishtiradigan bo‘linsa, o‘shanda tabiiy gaz zaxirasi 0,05 trln kubometrni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 1,9 trln kubometrni ko‘rsatmoqda. Bu haqda 8 iyun kuni AQSh Geologiya xizmati ma'lum qilgan.

“Kolorado shtatidagi Mankos manbai o‘zida 1,9 trln kubometr tabiiy gaz, 8,8 mln kubometr neft va 5,4 mln kubometr gaz kondensatlarini saqlaydi” – deb aniqlik kiritdi xizmat vakillari.

Yangi ma'lumotlarni hisoblash bo‘yicha Mankos manbai AQShda ikkinchi hudud bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Pensilvaniya va qo‘shni shtatlar hududida joylashgan Marsellus manbai egallab turibdi. Unda 2,4 trln kubometr tabiiy gaz zaxirasi bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish