Jahon | 22:38 / 09.06.2016
4076
1 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni yuragidagi muammolar sababli operatsiya qilinadi

"Milan" futbol jamoasi prezidenti va Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazadi. 

79 yoshli siyosatchi aortal klapanni almashtirish zarurligi tufayli operatsiya qilinadi.

Berluskoni 5 iyunda yurak yetishmovchiligi alomatlari bilan shifoxonaga yotqazilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish