Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Al-Falujada 90 mingga yaqin tinch aholi vakili qolmoqda
Iroq g‘arbidagi Al-Faluja shahrida 90 mingga yaqin kishi qolayotgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilgan BMTning Iroqqa gumanitar yordam berish bo‘yicha koordinatori Liz Grand Reuters agentligiga. Bu shaharda Iroq harbiy kuchlari aksilterror amaliyotni tobora kuchaytirmoqda.
"Biz Anbar provinsiyasining Al-Faluja shahrida istiqomat qilayotgan tinch aholi vakillari sonini noto‘g‘ri baholagan ekanmiz", - degan Grand. - "U yerdan qochib kelayotganlarning so‘zlariga ko‘ra, gap 80 - 90 ming kishi haqida borayotganini taxmin qilyapmiz".
Bundan avval, shaharda 50 ming nafar tinch aholi vakili borligi taxmin qilingan edi.
Grandning so‘zlariga ko‘ra, qurshovga olingan shaharni 20 mingga yaqin inson tark etishga ulgurgan. U, shuningdek, jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, BMTning Iroq fuqarolari ichki ko‘chishi va qochqinlariga yordam berish dasturini ko‘proq moliyalashtirishga chaqirgan. U xalqaro koalitsiya yirik miqdorda tinch aholi vakillari qurbon bo‘lishi mumkinligini bilgani holda, harbiy amaliyotlarga pul sarflayotganidan taajjubda ekanini bildirgan.
Grandning aytishicha, BMTning iroqliklarga yordam berish bo‘yicha 860 mln dollarlik dasturi atigi 30 foizga moliyalashtirilgan.
Iroq armiyasining Anbar provinsiyasidagi ikkinchi yirik shaharni ozod etish bo‘yicha harbiy amaliyoti o‘tgan hafta boshlarida e'lon qilingan edi. Harbiylarning quruqlikdagi hujumini Iroq HHK va xalqaro koalitsiya samolyotlari havodan qo‘llab-quvvatlamoqda. Al-Falujaning ko‘plab mavzelarida qaqshatgich janglar davom etyapti.