Jahon | 11:48 / 09.06.2016
4211
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi XAMASning Tel-Avivdagi qo‘poruvchilikka munosabatidan taassuf bildirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil poytaxtida falastinliklar tomonidan sodir etilgan qo‘poruvchilikni XAMAS yetakchilari olqishlaganidan afsus bildirgan. Fojia oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi, deb xabar qilgan BMT matbuot xizmati. 

"Bosh kotib XAMAS yetakchilari ushbu xurujni olqishlaganidan shok holatiga tushgan, ularning ayrimlari hatto tantana qilishgan, deya xabar qilinmoqda. Pan Gi Mun Falastin hukumatini o‘z majburiyatlariga rioya etishga hamda vahshiylik va g‘alamislikka barham berishga chaqiradi", — deyiladi BMT bayonotida. 

Isroil politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Tel-Aviv shahridagi qo‘poruvchilikni ikki nafar falastinlik sodir etgan. Ular 8 iyun kechasi shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri "Sarona" yopiq bozorida o‘qotar qurollardan otishgan. Ularning ikkisi ham qo‘lga olingan, biri og‘ir yaralangan.

Falastinning XAMAS harakati bu hujumni "qahramonlik" deya baholagan, ammo javobgarlikni zimmasiga olmagan edi.