22:32 / 09.06.2016
7377

Ilon Mask Pentagonda maxfiy uchrashuv o‘tkazdi

Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Mask AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi. Ular nima haqida suhbatlashganlari noma'lum, deb xabar bermoqda CNN.

Ta'kidlanishicha, Mask ham, Karter ham 8 iyunda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan keyin matbuot vakillari oldiga chiqishmagan. Biroq Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk Karter "oxirgi mahal texnologik hamjamiyatning ba'zi vakillari bilan ularning g‘oyalari va innovatsiyalar dunyosida nima kechayotganini bilish maqsadida aloqaga chiqmoqda".  

Jurnalistlar Mask hukumat bilan yangi shartnomalar imzolash imkoniyatini muhokama qilgan bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘yishmoqda. Uning SpaceX kompaniyasi koinotga Pentagon sun'iy yo‘ldoshlarini uchirish bilan bog‘liq buyurtmalarni olishga harakat qilib keladi.

Oxirgi yillarda Karter xay-tek sohasida mudofaa vazirligi hamda xususiy biznes o‘rtasida aloqa o‘rnatgan. U bir necha bor Kremniy vodiysiga tashrif buyurgan, 2015 yil avgustdan harbiylar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida tajriba almashish uchun ikkita maxsus Innovation Unit Experimental markaziga asos solgan.  

Mask SpaceX (raketa va koinot kemalari ishlab chiqaradi) va Tesla Motors (elektromobillar yaratadi) kompaniyalari asoschisi hisoblanadi.

Top