Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR poytaxtida 29 iyun kuni mamlakat parlamenti sessiyasi o‘tkaziladi
Shimoliy Koreya Yuqori xalq kengashi (parlament) qaroriga ko‘ra, 29 iyun kuni mamlakat poytaxti Pxenyanda parlament sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Koreya Markaziy telegraf agentligi ma'lumotiga ko‘ra, mazkur yig‘ilish kun tartibi e'lon qilinmagan.
KXDRning ushbu qonun chiqaruvchi yuqori organi 687 parlamentariydan tashkil topgan. Mavjud qonunga muvofiq deputatlar har yili ikki marta yig‘ilishadi. Bu yig‘ilishlarda yoki yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi va yoki yangi tayinlovlar amalga oshiriladi.
Navbatdagi sessiya Koreya mehnat partiyasining may s'yezdidan so‘ng amalga oshirilmoqda. O‘shanda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda yadro salohiyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan edi. Ular shuningdek, KXDRning besh yillik iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish masalalariga ham to‘xtalishgan edi.