Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Ali bilan vidolashish marosimining bepul chiptalari bir soatga bormay tarqatib yuborildi
AQShlik afsonaviy bokschi Muhammad Alining Luisvillda bo‘ladigan ochiq dafn marosimining bepul chiptalari bir soatga qolmay tarqatib yuborildi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.

Marosim chiptalari KFC Yum arenasi chiptaxonlarida tarqatilgan. Telekanal bergan xabarga ko‘ra, chiptaxona ochilishi bilan uning oldida bokschining minglab muxlislari navbati paydo bo‘lgan. Taxminan oradan 55 daqiqalar o‘tgach, barcha chiptalar tarqatib yuborilgan. Ko‘pchilik chipta olishga muyassar bo‘lmagan.
Ammo chiptalarni qo‘lga kiritgan ba'zi uddaburonlar ularni sotishga qaror qildi. Har bitta chipta uchun taxminan 50 dollar so‘rashmoqda. Marhumning oilasi vakili Bob Gannel bunday xatti-harakatlarni «achinarli» deb atadi va Alining iste'dodi muxlislari afsonaviy bokschi bilan vidolashish uchun pul to‘lashdan bosh tortishiga umid qildi.