Texnologiya | 23:33 / 09.06.2016
6229
1 daqiqa o‘qiladi

"M.Video" savdo tarmog‘ida Rossiyada iyun oyida isitgichlar savdosi 300 foizga oshgani ma'lum qilindi

Rossiyaning maishiy texnika va elektronika sotuvchi savdo tarmog‘i "M.Video" 5-7 iyun kunlari isitish asboblari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 299 foizga o‘sganini qayd qildi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma'lum qildi.

Shuningdek, joriy yilning aprel-mayida isitgichlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

5-7 iyunda sotilgan suv isitgichlar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshgan.

Isituvchi asboblar savdosining keskin oshishi Rossiyaning Yevropa qismida iyunda hukm surayotgan sovuq ob-havo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish