23:25 / 09.06.2016
6360

Rashid Alimov: “Hindiston va Pokistonning ShHTga a'zoligi bo‘yicha ayrim masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi”

Hindiston va Pokiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo‘lish masalasida tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan a'zolikka aloqador ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma'lum qilgan.

Hindiston va Pokistonni tashkilotga a'zo tariqasida qabul qilish masalasi 2015 yil Ufada o‘tgan sammitda ko‘tarilgan edi.

“O‘tgan vaqt mobaynida Hindiston va Pokiston vakillari ShHTga a'zo davlatlar vakillari bilan izchil aloqalar olib bordi va natijasda ayrim masalalarda kelishuvga erishishdi. Keyingi qadam ushbu mamlakatlarni doimiy a'zolikka qabul qilish Memorandumini imzolash bo‘ladi”, dedi Alimov.

Uning ta'kidlashicha, tashkilotga a'zo bo‘lib kirayotgan yangi davlatlardan tashkilot tomonidan bugunga qadar imzolangan 30 dan ziyod hujjatlarda keltirib o‘tilgan majburiyatlarni to‘la bajarish talab etiladi.

Top