15:51 / 09.06.2016
3060

Runi: Men APLda «Manchester Yunayted»dan boshqa jamoa safida o‘ynamayman

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionatida «MYu»dan boshqa jamoada o‘ynay olmasligini tan oldi va jamoasiga sadoqatini izhor qildi.

«Men bu jamoada baxtiyorman va sizlarni ishontirib aytishim mumkinki, men Angliya premer-ligasida «Manchester Yunayted»dan boshqa jamoada o‘ynamayman», — deya Runining so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Runi 2004 yili «Manchester Yunayted»ga «Everton» safidan 37 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Uning «MYu» bilan shartnomasi 2019 yil yoziga qadar tuzilgan. Yakunlangan mavsumda Runi «qizil iblislar» safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 6 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top