Sport | 00:10 / 09.06.2016
4763
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Yevro-2016 uchun 99 foiz chiptani sotib bo‘ldi

UYeFAning tadbirlar bo‘yicha ijrochi direktori Martin Kallen Yevro-2016 uchun chiptalar sotilishi haqida gapirib berdi va musobaqaning tashkil etilishiga baho berdi.

"Bugungi kunda 99 foiz chipta sotib bo‘lindi. Cheklangan miqdordagi o‘yinlarga 8 mingtacha chipta qoldi. 

Biz Lill, Marsel va Nitstsadagi uchta maydonni almashtirdik. Ular ayni vaqtda yaxshi holatda. Stadionlar atrofida xavfsizlik perimetrlari o‘rnatildi, bu esa musobaqa uchun juda muhimdir.

Muxlislarni uchrashuvga taqab emas, biroz oldinroq kelishlarini so‘rardik. Stadionlar hududlarida turli ko‘ngilxushliklar yetarlicha, katta ekranlarda parallel uchrashuvlarni tomosha qilish mumkin", deb aytdi Kallen.

Manba: tribuna.uz