Jahon | 08:47 / 10.06.2016
7373
2 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘beda terrorchilarga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda

Qozog‘iston maxsus xizmatlari Aqto‘be shahrida bir qator bosqinchiliklarni uyushtirgan terrorchilarga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Bu haqda 10 iyunda mamlakatning milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma'lum qildi. Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, banditlar qurolli qarshilik ko‘rsatgan.  

"Terrorchilar taslim bo‘lish taklifiga qurolli qarshilik bilan javob bergan", deyilmoqda xabarda.
 
Operatsiya mahalliy vaqt bilan 04:45 da boshlandi va hanuzgacha davom etmoqda.

Mahalliy aholi xavfsizlik maqsadida evakuatsiya qilingan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

5 iyunda diniy radikallar guruhi Aqto‘bedagi bir nechta joylarga hujum qilgan. Hujumlarga ikkita qurol do‘koni va harbiy qism uchragan. Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan, ulardan 3 nafari harbiy va 4 nafari fuqarolar bo‘lgan. 37 kishi, aksariyat harbiylar jarohat olgan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, aksilterrorchilik operatsiyasi davomida 13 nafar bosqinchini yo‘q qilishga va 9 nafarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Yana 6 nafar terrorchi qidiruvda bo‘lgan.