Jahon | 15:06 / 10.06.2016
6245
3 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev: Biz boy tarix va an'analarga ega xalq sifatida manqurtga aylanishga haqqimiz yo‘q

"Men davlatning dunyoviy tabiatga ega konstitutsion tamoyilining buzilishini nomaqbul deb hisoblayman", - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun davlat rahbari Jo‘qorg‘u Keneshi deputati Akayev, Qirg‘iziston musulmonlari muftiysi Maksad aji Toktomushev, Ulamolar kengashi raisi va ekspertlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ishtirokchilar QR Mehnat kodeksiga juma namozini ado etish uchun tushlik vaqtini cho‘zish borasida o‘zgartirishlar kiritish tashabbusi atrofidagi bahs-munozaralarga nisbatan o‘z xavotirlarini bildirishdi. Ular bunday tashabbuslarning jamiyatda halokatli ziddiyatlarga olib kelishi mumkinligini ta'kidlashdi. 
 
"Qirg‘izistonda din erkinligi tamoyilini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Musulmonlar boshqa konfessiyalar vakillari kabi o‘z dinlariga erkin e'tiqod qilishlari mumkin. Qirg‘izistonda biror marta aholi tomonidan juma namozda qatnashishni taqiqlanganlik haqidagi shikoyatlar qayd etilmagan. Muassasa va idoralar rahbarlari mulk shaklidan qat'i nazar mo‘minlar diniy ibodatlarda qatnasha olishlari uchun bu masalalarni individual tartibda hal qilishlari kerak. Mahalliy boshqaruv hukumati va organlari bunday masalalarni hal qilishga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak", - ta'kidladi Almazbek Atambayev. 
 
"Biroq hamma joyda me'yor bo‘lishi kerak. Biz diniy aqidalarga o‘ylamay ergashish ba'zi arab davlatlarini qay ahvolga solganini ko‘rib turibmiz. Bunday chorlovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri IShIDga yetaklaydi. Biz boy tarix, madaniyat va an'anaga ega ega millat vakillari sifatida manqurtga aylanib, uni begonalarga topshirib qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Diniy sohada zo‘rlab singdirish nomaqbul, ammo o‘ylanmagan taqiqlar ham yaxshilikka olib kelmaydi", - qo‘shimcha qildi u. 

Almazbek Atambayev mamlakatning konstitutsion tamoyili buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak deb hisoblashini ta'kidladi. QRda har bir inson erkin fikr bildirish huquqiga ega, lekin shu bilan birga diniy ulamolarning siyosatga aralashuviga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yana Muqaddas Ramazon oyida. Prezident tashabbus atrofidagi bahs-munozaralar mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan kishilar ko‘pchilikni tashkil qilishini ko‘rsatganini ta'kidladi.