Jahon | 17:26 / 10.06.2016
4944
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama oilasiga AQSh milliy parklarini ko‘rsatadi

AQSh prezidenti Barak Obama 17–19 iyun kunlari oilasi bilan mamlakatning Karlsbad g‘orlari va Yosemiti milliy parklariga sayr uyushtiradi, deb xabar qilgan Reuters axborot agentligi.

Ular Karlsbad g‘orlarida tomchitoshlar va ko‘rshapalaklarni tomosha qilishsa, Yosemitida ulkan mamont daraxtlarini ko‘rishadi. 

Bundan avvalroq, Oq uy ma'muriyati matbuot xizmati, prezident Obama mamlakatning boshqa rahbarlariga qaraganda ko‘proq tabiat yodgorliklari xususida qayg‘urganini bildirgan edi. 

Xususan u 1 mln kvadrat kilometrdan ortiqroq maydondagi jamoat yerlari va suvlari, yangi parklarga ega tarixiy joylar va yodgorliklarni himoya qilgan. Shu bilan birga, ko‘plab sanoat korxonalarining faoliyatini cheklagan. 

2016 yili AQSh rahbari, mamlakat milliy parklari tizimining 100 yilligi munosabati bilan barcha 4 sinf o‘quvchilari va ularning oila a'zolari, milliy parklarga bepul kirish dasturini qabul qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish