23:21 / 10.06.2016
6632

Eyfel minorasi tagida Yevro-2016 ochilishi oldidan Devid Getta konsert berdi

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini ommaviy tomosha qilish uchun Parijdagi Eyfel minorasidan uzoq bo‘lmagan yerda katta fan-zona ochildi. Morsovo bog‘ining 130 000 kvadrat metrli hududini qamrab olgan maydon 92 000 muxlisni sig‘dira oladi. 

Yevro-2016 o‘yinlarining ilk uchrashuvi boshlanishidan avval fan-zonada taniqli fransuz dijyeyi Devid Gettaning konserti bo‘lib o‘tmoqda. Dijyey Yevro-2016 madhiyasini ham kuylab o‘tdi. 

Bepul konsert maydoniga kirishdan avval tomoshabinlar xavfsizlik hizmati tomonidan qattiq nazoratdan o‘tishdi. Fan-zonaga xususiy qo‘riqlash kompaniyalarining 400ga yaqin xodimlari jalb qilindi.

Top