Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2016’da Rossiya-Angliya o‘yini oldidan Marsel ko‘chalarini armiya nazorat qilishni boshladi
Yevro-2016 musobaqasining guruh bosqichining 1-turida bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Angliya uchrashuvi oldidan Fransiyaning Marsel shahri ko‘chalari armiya va politsiya tomonidan nazorat qilinmoqda. Bu haqda "Govorit Moskva" radiostansiyasi ma'lum qildi.
"Marselda shunchaki politsiya emas, qo‘shinlar kiritilgan, ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘chalarni nazorat qilmoqda. Havoda keskinlik hissi sezilmoqda. Parij va Marsel hozirda eng ko‘p xavfsizlik kuchlari yig‘ilgan ikkita shahar bo‘lmoqda", deb ma'lum qildi radiostansiya jurnalisti Timur Juravel.
7 iyunda Buyuk Britaniya hukumati Yevro-2016’da teraktlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
30 may kuni The Sun nashri IShID terrorchilik guruhi Marselda Rossiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida muxlislarga hujum qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi. Uchrashuv 11 iyunda Marseldagi "Velodrom" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Leonid Slutskiy jamoasi Angliyadan tashqari, Slovakiya (15 iyun) va Uels (20 iyun) bilan uchrashadi.