Jahon | 21:54 / 10.06.2016
7726
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Suriyada baza qurishni boshladi

Frantsuz harbiylari Suriyaning shimolidagi Halab viloyatida joylashgan Kobani shahri yaqinida baza qurishni boshlashdi, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi. 

Frantsuz harbiy mutaxassislari, shuningdek, IShIDga qarshi kurashda qatnashayotgan "Suriya demokratik kuchlari" qurollangan muxolifatining kurd va arab jangchilariga maslahat berishmoqda. 

Mart oyi boshida AQSh kurdlar tomonidan nazorat qilinuvchi Suriya shimolidagi hududlarda ikkinchi aviabazani qurishni boshlagani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish