Sport | 19:16 / 10.06.2016
3701
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi fan-zonalar hududlariga alkogol olib kelganlarga qamoq jazosi tahdid soladi

Yevropa chempionati vaqtida o‘yinlarni stadionlarda turib tomosha qila olmaydigan muxlislar uchun tashkil etilgan fan-zonalar hududiga alkogol ichimliklar olib kelish taqiqlanadi. Bu taqiqni buzgan shaxslar 7,5 ming yevro jarimaga tortilishi, hatto 1 yil muddatga qamalishi ham mumkin bo‘ladi. Bu haqda Bordo shahridagi fan-zona ma'muriyatiga asoslanib, tribuna.uz sayti xabar tarqatgan.

Fransiyaning 10ta shahrida maxsus fan-zonalar tashkil etilgan. Fan-zonalarga kirishda muxlislar 2 marta tekshiriladi. Hududlarga vuvuzelalar va lazer ukazkalar olib kirilishi ham mumkin emas.

Fan-zona hududiga mast ahvolda bo‘lish taqiqlanadi. Shu bilan bir vaqtda hududda 1 stakan pivo 6,5 yevrodan sotiladi.

Bundan oldinroq, Yevro-2016 o‘yinlariga soyabonlar va lazer ukazkalar olib kelish taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish