Jahon | 19:07 / 10.06.2016
6880
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning sakkiz tonnalik stansiyasi orbitadan nazoratsiz qulashi mumkin

2011 yili Xitoydan uchirilgan «Tyangun-1» orbital stansiyasi, asta-sekinlik bilan orbitadan tushib, Yerning istalgan hududiga tushishi mumkin. Yer atrofidagi obektlarni havaskorlik teleskoplari va kameralari bilan kuzatayotgan ayrim mutaxassislar shunday fikrda, deb xabar qilmoqda Space.com.

Jumladan, shu yilning mart oyidan beri Yer bilan aloqani yo‘qotgan sakkiz tonnalik stansiyaning parvozini Tomas Dorman ham bir necha marotaba kuzatgan. 
«Agar men to‘g‘ri taxmin qilayotgan bo‘lsam, Xitoy stansiyasi bilan mavjud muammoni e'lon qilish uchun so‘nggi daqiqagacha kutadi», — degan fikrni bidirgan Dorman.
«Uning parchalari aholi punktiga tushadigan bo‘lsa, bu yaxshi kun bo‘lmaydi, albatta... bunday ehtimol kam, ammo ehtiyot bo‘lgan baribir yaxshi». 

Mart oyida Xitoy fazogirlarni tayyorlash markazi, stansiya bilan telemetriyaning yo‘qotilishi, uning orbitadan boshqarilmasdan tushishiga olib kelishi mumkinligini bildirgan edi. 

Vashingtonning Heritage Foundation tadqiqot markazi eksperti Don Chenning fikricha, Xitoy hukumatining stansiyani taxminiy qulash joyi va vaqtini hanuzgacha e'lon qilmagani, uning orbitadan nazoratsiz qulashini anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish