Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 19:14 / 10.06.2016
3853
1 daqiqa o‘qiladi
Italiyadagi shaharlardan birida o‘quvchilarning yozgi uy vazifalarini bajarishlari taqiqlandi
Italiyaning Sardiniya orolida joylashgan Mamoyada shahri o‘quvchilariga yoz faslida uy vazifalarini bajarish taqiqlandi. Ushbu qaror shahar meri Luchano Barone tomonidan chiqarilgan.
Qaror 15 punktdan iborat. Hujjat shaharning barcha o‘quv muassasalriga jo‘natilgan.
“Ta'til barcha maktablar uchun majburiydir. Eng yaxshisi, raqs tushing, sayr qiling, filmlar tomosha qiling va tong otishini kuzating”, - dedi Barone.
Baronening bunday qaror chiqarishiga xuddi shunday holat 2015 yilda Fermo shahri tomonidan qo‘llanilganligi turtki bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish