00:34 / 10.06.2016
3852

Kerrik “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi

“MYu” Maykl Kerrik bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgani haqida ma'lum qildi. Yangi shartnoma kelayotgan mavsumdan kuchga kiradi.

“MYu mening o‘n yillik hayotimdagi eng buyuk klub. Men u bilan yana ishlashimdan bag‘oyat xursandman.

Joze Mourino bilan ishlash esa alohida baxt! U o‘z murabbiylik faoliyatida yuksak cho‘qqilarga erishgan. 

Men muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman”, deb o‘z fikrlarini bayon etgan Kerrik.

Top