Jamiyat | 15:43 / 10.06.2016
7626
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya maktabida birgina 9-sinf o‘quvchisi uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tadi

Latviyada Liyepaya ostida birgina 9-sinf o‘quvchisi Yustina Kleynshmit uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Delfi. 

Nashrning ma'lum qilishicha, bunday g‘oya birgina bitiruvchi qiz uchun bayram uyushtirishga qaror qilgan maktab ma'muriyatiga tegishli.

"Biz Yustinaga hech qanday tadbirlarsiz shunchaki attestat bersak bo‘lar edi. Biroq biz o‘ylab ko‘rdik - axir tug‘ilgan kun tadbiri ham bir kishi uchun uyushtiriladi-ku. Nega endi biz Yustinamizga bayram uyushtirmas ekanmiz?" - dedi bitiruvchi qizning sinf rahbari. 

Ta'kidlanishicha, bitiruv tadbiri maxsus ssenariy asosida, maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi. Yustinaga esa sovg‘alar topshiriladi, o‘qituvchi va o‘quvchilar tabrigi yozilgan videomurojaat ham shular jumlasidandir. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili bu maktabni ikki nafargina o‘quvchi tugatgan, ulardan biri Yustinaning akasi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish