Sport | 01:10 / 10.06.2016
6000
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona: “Ronalduning bir o‘zi Portugaliyani Yevro-2016 finaliga olib chiqishi mumkin”

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning ta'kidlashicha, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 ning eng asosiy yuzlaridan biri bo‘ladi.

“Ronaldu chempionatning so‘zsiz yulduziga aylanishi tabiiy. U shunday futbolchiki, bir o‘zi jamoasini musobaqa finaliga olib chiqishi mumkin. Krishtianu – futbol davomchisidir. Bosim? Men bunday mahoratli futbolchi bosim ostida qoladi, deb sira o‘ylamayman”, deb o‘z fikrlarini bildirgan Maradona

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish