Jamiyat | 16:13 / 10.06.2016
4670
1 daqiqa o‘qiladi

Mel Gibson "Passion of the Christ" filmining davomini suratga oladi

Aktyor va rejissyor Mel Gibson "Passion of the Christ" ("Xristov ehtiroslari") filmining davomi ustida ishlamoqda, deya ma'lum qiladi The Hollywood Reporter.

Xabarga ko‘ra, Isoning tirilishiga urg‘u beriladigan film ssenariysini Rendall Uolles yozmoqda. 

Uollesning aytishicha, mazkur loyiha ijrosi juda murakkab, shu bois bu borada sir saqlash qiyin. 

"Men doim shu haqida so‘zlab berishni xohlaganman. "Xristov ehtiroslari" filmi buning boshi, xolos. Bu mavzuda hikoyalar ko‘p", - dedi Uolles. 

Gibsonning rasmiy vakili ushbu loyihada aktyorning ishtirokiga oid izoh berishdan bosh tortdi. 

2004 yilda katta ekranlarga chiqarilgan "Xristov ehtiroslari" kartinasi dunyo prokatida 600 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘di. Filmni suratga olish ishlari uchun 30 million dollar sarf qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish