17:18 / 10.06.2016
4279

Mourino "Borussiya D" futbolchisi uchun 25 mln yevro to‘lamoqchi

«MYu» «Borussiya» Dortmund yarim himoyachisi Genrix Mixtaryan uchun kurashga qo‘shildi. Shu vaqtgacha bu armanistonlik futbolchi uchun «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi» va «Yuventus» jamoalari talabgor bo‘lib turgandi. 

Tribuna.uz caytining Daily Mail nashriga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, dortmundliklar jamoasi rahbariyati shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va 1 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan bu 27 yoshli futbolchisini 25 million funt sterling evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.

Yakunlangan mavsumda Mxitaryan bundesliganing 31 uchrashuvida 11 gol urib, 18ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top