Jahon | 20:36 / 10.06.2016
9045
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Aqto‘beda deyarli barcha terrorchilar yo‘q qilindi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto‘beda deyarli barcha terrorchilar yo‘q qilinganini aytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.   

"Maxsus tuzilmalar harakati barcha jinoyatchilarni yo‘q qilishga imkon berdi, ulardan bir nechasi qidirilmoqda. Fikrimcha, bizning huquq-tartibot muassasalarimiz barcha terrorchilarni aniqlaydilar va ular tegishli jazo oladi", deb aytdi Nazarboyev.

Bundan tashqari, Nazarboyev hukumatga terrorchilik va ekstremizm, qurol sotish, saqlashga qarshi kurashish, migratsiya va diniy birlashmalarni tartibga solish bo‘yicha qonun tashabbuslari paketini ishlab chiqishni buyurdi. 

"Biz bu hujum noan'anaviy "salafiylik"  diniy oqimi ergashuvchilarining  terrorchilik hamlasi ekanligini bilamiz", deb qo‘shimcha qildi Nazarboyev. 

Avvalroq Nazarboyev Aqto‘bedagi voqealarga izoh berib, "rangli inqilob" uyushtirishga urinishlar namoyon bo‘layotgani haqida aytib o‘tgandi.