15:07 / 10.06.2016
8282

OAV: IShID yetakchisi Al-Bag‘dodiy aviazarba oqibatida jarohatlandi

IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy va bir necha qo‘mondonlar xalqaro koalitsiya samolyotlari tomonidan Suriya-Iroq chegarasi hududida amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida jarohatlangan. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.

Reuters agentligi esa AQSh boshchiligidagi koalitsiya bu ma'lumotni tasdiqlamagani haqida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Pentagondagilar al-Bag‘dodiyning Iroq va Suriya chegarasi hududida o‘rnashgani haqida ma'lumot olganini bildirgandi.

Top