OAV: SpaceX amaldorlarni sotib olish bilan AQShni Rossiya raketa dvigatellarini sotib olishdan voz kechishga majbur qildi
SpaceX kosmik kompaniyasi Rossiyaning RD-180 raketa dvigatellarini sotib olishdan voz kechishni faol qo‘llab-quvvatlagan respublikachi senator Jon Makkeyn va AQSh kongressi vakillar palatasi a'zolari nomiga moliyaviy xayr-ehson kiritgan. Bu haqda NBC telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh federal darajasidagi saylovoldi kampaniyalarini moliyalashtirish manbalarini izlash bilan shug‘ullanuvchi OpenSecrets.com portali SpaceX Makkeynning siyosiy kampaniyasiga 10 ming dollar va Arizona universitetidagi uning nomidagi institutga 25 ming dollar ehson qilganini aniqladi.
Shuningdek portal SpaceX kompaniya rahbari Ilon Maskning do‘sti bo‘lgan Respublikachilar partiyasidan kongressmen Kevin Makkarti siyosiy faoliyatini ham moliyalashtirgani haqidagi ma'lumotlarni chop etdi.