Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama prezidentlik saylovlarida Klintonni rasman qo‘llab-quvvatladi
AQSh prezidenti Barak Obama Demokratik partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Obamaning qo‘llab-quvvatlov so‘zlari yangragan video Klintonning prezidentlik kampaniyasi saytida joylashtirilgan.
Klintonning tvitterida Obamaning aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirildi: "Bu lavozimga yana biror odam yaxshiroq nomzod bo‘lar edi, deb o‘ylamayman".
Klinton tvitterida Obamaning bu so‘zlaridan "ilhomlanganini" aytib, unga minnatdorchilik bildirgan.
"Obama va men uzoq yillik raqiblikdan keyin haqiqiy do‘stlarga aylanganimiz quvonch va katta sharafdir", deb aytdi Klinton.
AQSh prezidenti lavozimiga 58-saylov 2016 yil 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi.