Sport | 17:35 / 10.06.2016
5194
1 daqiqa o‘qiladi
Pele o‘z mukofotlarining barchasini 4,4 million yevroga sotdi
FIFA talqini bo‘yicha, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi Pele o‘z mukofotlarini auksionga qo‘ydi va ularni 4,4 million yevroga pulladi.
Tadbir 7-9 iyun kunlari Londonda bo‘lib o‘tdi. Futbol qiroli auksionga o‘zining barcha medallari, kuboklari, shaxsiy sovg‘alari – jami ikki mingga yaqin lot qo‘ydi. Eng qimmat lot sifatida Jahon Kubogining aynan qilib ishlangan nusxasi bo‘ldi. Shveytsariyaning soat ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri uni 500 ming yevroga sotib oldi.
“Men o‘z mukofotlarimni kolleksionerlar va muxlislarga ulashishga qaror qildim. O‘ylaymanki, ular ushbu artefaktlarni ko‘z qorachig‘idek asrashadi”, dedi futbol qiroli.