Texnologiya | 01:00 / 10.06.2016
4632
1 daqiqa o‘qiladi

Philips'ning "aqlli cho‘tka"si stomatologga tish holati bo‘yicha ma'lumotlar yetkazadi

Philips kompaniyasi smartfonga ulanuvchi sensor va Bluetooth moduli o‘rnatilgan Sonicare FlexCare Platinum Connected tish cho‘tkasini taqdim etdi. Qurilma tish cho‘tkasi egasining stomatologiga hisobotlar yuborib turish imkoniga ega, deb yozadi The Verge.

Tishni tozalash vaqtida olingan cho‘tkadagi ma'lumotlar iOS va Android bazasidagi qurilmalarning dasturida aks etadi. Dastur og‘iz bo‘shlig‘ining 3D modelini ko‘rsatadi va bu foydalanuvchi tish yuvilmagan yerlarni qoldirib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, dastur insonni juda ham qattiq ishqalab yuborilsa ogohlantiradi. 

Bundan tashqari, tish muammolari mavjud paytida uni maxsus rejimga sozlash mumkin. Dastur og‘iz bo‘shlig‘i holati to‘g‘risida maxsus hisobotlarni yaratadi.

Cho‘tka narxi — 199 dollar, u iyul oyida sotuvga chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish