Polsha, Turkiya va Ruminiya raketa hujumiga qarshi tizimning kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda
Polsha, Turkiya va Ruminiya tashqi ishlar vazirlari uch davlatning raketa hujumiga qarshi tizimining kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlamoqdalar, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu.
"NATO va Turkiyada ballistik raketalar bor. Ular barcha davlatlarda mudofaa maqsadida joylashtirilgan. Biz raketaga qarshi tizimlar barcha uchta davlat va uning aholisi himoyasini ta'minlash uchun kengaytirilishi haqidagi fikrga keldik", deb aytdi Chovusho‘g‘lu Varshavada Polsha, Turkiya va Ruminiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.
Chovusho‘g‘lu mintaqada katta xavfni "tajovuzkor Rossiya" solishini ta'kidlab o‘tdi. Chovusho‘g‘lu Gretsiyani nazarda tutib, Rossiya prezidenti "NATO a'zosi hisoblanadigan davlatda NATO ittifoqdoshlariga qarshi" so‘zlar aytgani bundan darak beruvchi muhim holatdir, deb aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Putin may oyida Gretsiyaga tashrifi vaqtida AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimining Ruminiyada joylashtirilishi xavfsizlikka salbiy ta'sir qilishini aytgandi.