19:00 / 10.06.2016
5303

Richard Gir Rimdagi boshpanasiz qolganlar bilan uchrashdi

Hollivud aktyori Richard Gir Rimda boshpanasiz qolgan kishilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi ANSA.

Aktyor Italiyaga o‘zining yangi "O‘ysizlik tanaffusi" filmini taqdim qilish uchun keldi. Ushbu filmda Gir nyu-yorklik uysiz rolini o‘ynagan. Kartina Italiya kinoprokatiga 15 iyunda chiqadi, 11 iyunda esa u Tarmindagi kinofestivalda namoyish etiladi. Richard Gir - 2016 yilda namoyishlarning faxriy prezidenti. 

Uysizlar uchun boshpanada aktyorni taxminan 100 kishi kutib oldi.

"Bu ajoyib - aka-ukalar va opa-singillarni ko‘rish. Bunday amallar mening qalbimni iliqlikka to‘ldiradi. Odam taftini odam oladi. Na pul va na siyosat, faqat odamlar muloqot olib borishlari mumkin. Bu yerda bo‘lish - men uchun sharaf", - dedi Gir. 

Bundan tashqari aktyor Rim papasi Frantsiskning mehnatini yuqori baholadi.

AQSh prezidentligiga saylovlar mavzusiga izoh berar ekan, Gir "hozirgi davlat rahbari Barak Obama o‘z lavozimida qolishi uchun konstitutsiyani almashtirgan bo‘lardim" dedi.

Top