Jahon | 14:58 / 10.06.2016
4256
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyaning Darayya shahriga 2012 yildan buyon ilk bor oziq-ovqat olib kelindi
Damashq yaqinida joylashgan Darayya shahriga ilk bor 2012 yilda oziq-ovqat olib kelingan edi. Bugun, 10 iyun kuni oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy jihozlar ortilgan yuk mashinalari shaharda paydo bo‘ldi.
“Frans Press” agentligining xabar berishicha, ko‘pchilik shahar ahli bunday yangilikni kutmagan edi. Chunki uzoq yillardan beri ularga bu masala borasida “quruq va'dalar” berib kelinayotgan edi. Bundan tashqari, shaharliklar uylaridan chiqib, yuk mashinalari tomon guruh-guruh bo‘lib kelishgan.
Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy harakatining Suriyadagi vakili shuni alohida ta'kidladiki, olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari Darayya odamlariga bir oyga yetadi.