09:49 / 10.06.2016
6177

Tataristonda haydovchisiz traktor birinchi marta dalaga chiqdi

Kompyuter vositasida "ko‘rish" qobiliyatiga ega haydovchisiz traktor birinchi martaga dalaga ishga chiqdi. 

"Qishloq xo‘jaligi texnikasi kunning yaxshi ko‘rinmaydigan vaqtlari, xususan tungi vaqtda ishlay olishi o‘ziga xos ustunlik hisoblanadi. Bugungi kunda kombaynlar kuniga olti soat ishlab, qolgan vaqtda bekor turadi", —degan Cognitive Technologies kompaniyasi prezidenti Olga Uskova «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida. 

Traktorga kompyuter orqali ko‘rishni ta'minlaydigan dasturiy-qurilma majmuasi o‘rnatilgan. Ular, Full HD formatida yoza oladigan ikkita videokamera, GLONASS va GPS navigatsiya va inersiya qurilmalari hamda hisoblash blokidan iborat. 

Cognitive Technologies kompaniyasi «Rostselmash» va «Soyuz-Agro» agroxoldingi bilan hamkorlikd «Innopolis» negizida "aqlli" "Agropolis" xoldingini tashkil etish loyihasi amalga oshirmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilga kelib, haydovchisiz traktorlar bilan qayta ishlanadigan yerlar 5 mln gektarga yetadi.

Top