O‘zbekiston | 18:09 / 10.06.2016
26732
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda issiq harorat bo‘yicha 1881 yilgi rekord takrorlandi
O‘zbekiston meterologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan issiq ob-havo iyun oyida qayd qilingan eng yuqori harorat bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda, Toshkentda harorat +40,5 darajaga yetdi va bu orqali 1881 yilgi rekord yangilandi (+40,3 daraja).
Termiz shahrida termometrlar ustuni 9 iyun kuni +44,4 darajaga yetdi va 2008 yilgi rekord yangilandi. O‘shanda +43 daraja orqali 1881 yildan buyon eng issiq harorat qayd etilgandi.
Samarqand viloyatida ham yangi temperatura rekordi o‘rnatildi +37,7 daraja. Oldingi rekord 2013 yilda o‘rnatilganda +37,5 daraja.