Jahon | 16:32 / 10.06.2016
4466
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiy samolyotlari Iroq bilan chegaralardagi kurdlarga zarbalar berdi

Turkiya HHK samolyotlari 8-10 kishidan iborat terrorchilar guruhini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi mamlakat harbiy manbalariga tayangan holda. Jangarilar Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari bo‘lgani ehtimol. 

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 9 iyun kuni kechqurun Iroq bilan chegaradosh Haqqariy mintaqasida sodir bo‘lgan, bu yerda KIP jangarilari to‘plangani gumon qilinadi. 

Bugun, 10 iyun kuni «Kurdiston ozodligi lochinlari» tashkiloti Istambuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Xunrezliklarda 11 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.