Jahon | 00:28 / 10.06.2016
4379
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati teraktlar sababli azotli o‘g‘itlarni sotishni taqiqladi

Turkiya ammoniy nitrati bo‘lgan o‘g‘itlarni portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkinligi sababli sotishni taqiqladi, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi. 

"Turkiyada kechadan beri portlovchi moddalar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘itlar savdosi taqiqlanadi", deb aytdi Turkiya qishloq xo‘jaligi vaziri Faruk Chelik va 64 ming tonna o‘g‘it savdodan olinganini ta'kidlab o‘tdi. 

Chelikning aytishicha, Turkiya qishloq xo‘jaligi vazirligi savdodan olingan azotli o‘g‘itlar o‘rnini bosuvchi o‘g‘itlarni taqdim qilish masalasini o‘rganmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu chora bu haftada Istanbul va Mardin viloyatida yuz bergan teraktlardan keyin kiritildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish